• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sayyoramizda keskin ekologik vaziyat yuzaga keldi”. Shavkat Mirziyoyev Samarqand forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari o‘z murojaati avvalida “Ekologik tahdidlar: o‘zgarayotgan dunyoda inson huquqlarining istiqboli va barqaror yechimlarni izlash” mavzusidagi inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi anʼanaviy Samarqand forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutladi.

    Ta’kidlanishicha, bugungi anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi, shuningdek, taniqli xorijiy davlat va jamoat arboblari, inson huquqlari sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.

    Hurmatli anjuman qatnashchilari!

    Yaxshi maʼlumki, global iqlim o‘zgarishi oqibatida sayyoramizda keskin ekologik vaziyat yuzaga keldi. Ichimlik suvi taqchilligi, atrof-muhit ifloslanishi, tuproq yemirilishi, kuchli chang va qum bo‘ronlari, bioxilma-xillikning yo‘qolishi, qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi kabi muammolar tobora avj olmoqda.

    Barcha qitʼalarda va mamlakatlarda bu jarayonlarning salbiy taʼsiri yanada kuchayib bormoqda. Ayniqsa, havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p bo‘lgan va Orol fojiasini boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida buning oqibatlari yaqqol sezilmoqda.

    Ekologik inqiroz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi eng asosiy to‘siq va tahdidga aylandi, global miqyosda qashshoqlik bilan bog‘liq muammolar ko‘paymoqda, insonning sog‘liq, toza suv, oziq-ovqat va uy-joyga bo‘lgan huquqlarini taʼminlash xavf ostida qolmoqda. Bundan avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, ayollar va bolalar jiddiy aziyat chekmoqda.

    Albatta, iqlim o‘zgarishi oqibatida inson huquqlariga yetkaziladigan zararni keskin kamaytirish uchun jahon mamlakatlari birgalikda samarali choralar ko‘rishi kerak. Kelajak avlodlar taqdiri uchun barchamiz ulkan masʼuliyatni o‘z zimmamizga oladigan vaqt keldi.

    Parij bitimida taʼkidlanganidek, iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rilayotganida, davlatlar inson huquqlarini hurmat qilishi, rag‘batlantirishi va himoya qilishi, asosiy diqqat-eʼtiborini mazkur sohadagi majburiyatlarini bajarishga qaratishlari lozim, — deydi prezident o‘z murojaatida.

    Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida insonning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqi alohida bobda mustahkamlangani, davlatning atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish majburiyatlari belgilab qo‘yilganini ta’kidladi.

    Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish va tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga va uglerod neytralligiga o‘tish masalalariga alohida eʼtibor qaratilayotgani aytildi.

    Jumladan, 2030-yilga borib mamlakatda energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya quvvatini 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekistonda 1 milliard tup ko‘chat ekilmoqda. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etildi.

    Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, bizning saʼy-harakatlarimizni jahon hamjamiyati keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish”, “Markaziy Osiyo ekologik muammolar qarshisida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash” kabi muhim rezolyutsiyalar bir ovozdan qabul qilindi.

    Hech shubhasiz, insoniyat to‘qnash kelayotgan iqlim bilan bog‘liq keskin muammolar oqibatlarini yumshatish inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi, — deyiladi prezident murojaatida.

    Davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha tashabbusni forum ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirgan. 

    Siz, azizlar bugungi Forum davomida global miqyosda ekologik vaziyat barqarorligini saqlash, inson huquq va manfaatlariga xizmat qiladigan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqasizlar, deb ishonaman. Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, Forum ishiga ulkan muvaffaqiyat tilab qolaman, — deyiladi murojaatda.

    13.06.2024, 12:27   Izoh (0)   3865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Atrof-muhitni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha qarori uchun alohida tashakkur aytmoqchiman” — Shavkat Mirziyoye...

    12.02.2024, 18:11

    “O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz” — “BMT ayollar” tuzilmasining O‘zbekiston bo‘yicha vakili Jeren Guven

    11.05.2024, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    13.05.2024, 23:35

    “O‘zgidromet” 14-iyun kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    13.06.2024, 11:59

    O‘zbekistonda narkojinoyat sodir etgan yoshlar soni yildan yilga o‘sib borayotgani aytildi

    13.06.2024, 11:24

    Janubiy Koreya prezidenti: “O‘zbekiston — Markaziy Osiyodagi yagona alohida strategik sherigimiz”

    13.06.2024, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.