• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Atrof-muhitni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha qarori uchun alohida tashakkur aytmoqchiman” — Shavkat Mirziyoyev

    Prezidentning BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi ishtirokchilariga tabrigi e’lon qilindi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xonimlar va janoblar!

    Atrof-muhit va bioxilma-xillikni saqlash yo‘lidagi muhim xalqaro tadbir – Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi yig‘ilishining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy tabriklayman.

    Avvalambor, Konvensiya kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturiga ushbu nufuzli anjumanni mamlakatimizda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman.

    Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri, bebaho me’morchilik durdonasi hisoblangan ko‘hna Samarqandga xush kelibsiz!

    So‘nggi yillarda ushbu qadimiy va betakror shahar qator dolzarb muammolar bo‘yicha muloqotlarning global markaziga aylanib bormoqda. Mazkur forum Samarqandning ekologik diplomatiyaning ta’sirli markazlaridan biri sifatida maqomini mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Shu o‘rinda 2023-yilning dekabr oyida bu yerda cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazilganini, joriy yil aprel oyida esa Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan yirik forum tashkil etilishini alohida ta’kidlamoqchiman.

    Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

    Barchangizga yaxshi ma’lumki, hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari sayyoramiz ekotizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Afsuski, hozirgi kunda ular iqlim o‘zgarishi, yashash joylarining yaroqsiz holga kelishi, noqonuniy ov va savdo kabi jiddiy tahdidlar bilan to‘qnash kelmoqda.

    Natijada hayvonlarning genetik resurslari qisqarmoqda, ularning nodir va noyob turlari, tabiiy uyg‘unlik va ekotizimlar yo‘qolib bormoqda.

    Tadqiqotlarga ko‘ra, Yer yuzidan so‘nggi 50 yilda ularning 100 dan ortiq turlari, Markaziy Osiyoda esa 26 turdagi qushlar, 12 turdagi sut emizuvchilar, jumladan, Turon yo‘lbarsi, Osiyo qoploni va boshqa endemik turlar butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.

    Bioxilma-xillikni kelajak avlodlar va barqaror rivojlanish uchun saqlash, inson hayotining tabiat bilan uyg‘unligini ta’minlash – bizning umumiy maqsadimizdir. Bu butun xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirishni, muvofiqlashtirilgan va kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    O‘zbekistonda ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini saqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda eng avvalo, sohaning huquqiy bazasi takomillashtirildi, yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi va ularning samarali ijrosi ta’minlanmoqda. Davlat boshqaruv organlari, biznes va fuqarolik jamiyatlarining ijtimoiy mas’uliyatini oshirishni qamrab olgan institutsional tizim mustahkamlanmoqda.

    Mazkur sohada fundamental va amaliy tadqiqotlarning eng ilg‘or maktabi bo‘lgan Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti o‘z faoliyatini qayta tikladi. Qisqa muddatda ko‘chib yuruvchi turlarni ishonchli himoya qilishni ta’minlovchi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar uch karraga oshirilib, mamlakatimiz umumiy maydonining 14 foiziga yetkazildi. O‘zbekistonning nodir tabiat landshaftlari YUNЕSKOning Butunjahon tabiiy meros ro‘yxati, Butunjahon biosfera rezervatlari tarmog‘iga va Ramsar konvensiyasi obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.

    Yovvoyi hayvonlarni parvarish qilish uchun yangi pitomniklar tashkil etildi. Noyob qush turlari va sut emizuvchilarni o‘z yashash makonlarida ko‘payishini qayta tiklash bo‘yicha dasturlar amalga oshirilmoqda. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar maydonda o‘rmonlar yaratilgani o‘simliklar xilma-xilligini va hayvonot dunyosini qayta tiklash imkonini bermoqda.

    O‘zbekiston 2024-2027-yillarda Konvensiyaga raisligi davrida ko‘chib yuruvchi hayvon turlarini himoya qilishga o‘zining butun kuch va salohiyatini to‘liq safarbar qilishga tayyordir. Biz Samarqandda bu borada kelgusidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan 2024-2032-yillarga mo‘ljallangan Yangi strategik reja tasdiqlanayotganini olqishlaymiz.

    Shuningdek, Hayvonlarning ko‘chishiga to‘siqlardan xoli ekologik yo‘laklarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilishni  qo‘llab-quvvatlaymiz. 

    Infratuzilma obyektlari – avtomobil va temir yo‘llar, gaz quvurlari va chegara inshoatlarining qurilishi yovvoyi hayvonlar migratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini kamaytirish uchun ekologik baho berilishi bo‘yicha talabni kuchaytirish muhim, deb hisoblaymiz.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston transchegaraviy tabiiy parklar yaratish bo‘yicha mintaqa mamlakatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda va ular sonini keskin ko‘paytirish niyatidamiz.  

    Bir vaqtlar Ustyurt platosi kengliklarida yashagan va inson omili ta’sirida yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirishni boshlash niyatidamiz. Olimlar va ekspertlarni bu yo‘nalishda hamkorlikka chorlab qolamiz.

    Fursatdan foydalanib, Atrof-muhitni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha qarori uchun alohida tashakkur aytmoqchiman. Biz tashkilotning mintaqamiz flora va faunasini saqlab qolishdek xayrli faoliyatiga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishga tayyormiz.

    Hurmatli forum ishtirokchilari!

    Bugungi konferensiyada qabul qilinayotgan qarorlarning hayotga tatbiq etilishi ko‘chib yuradigan yovvoyi hayvonlarni saqlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Bu yo‘ldagi sharafli va mas’uliyatli ishlaringizda sizlarga katta omadlar, kuch-g‘ayrat va yangi muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman.

    12.02.2024, 18:11   Izoh (0)   4799
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi

    12.02.2024, 17:06

    “Dok-1 Maks” ishi: 68 nafar marhum bola o‘limi uchun jabrlanuvchilar foydasiga 100 mln so‘mdan tovon puli undirish so‘raldi

    12.02.2024, 16:50

    Quramax Medical MCHJ direktoriga 20, Farmagentlikning sobiq mansabdorlariga 18 yil so‘raldi: “Dok-1 Maks” sudida prokuror muzokarasi tinglandi 

    12.02.2024, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    12.02.2024, 16:10

    O‘zbekistonda baliqchilik uchun beriladigan garovsiz kredit 100 mln so‘mgacha oshirilishi mumkin

    12.02.2024, 15:35

    “Dorixonalardagi hamma dorilarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish kerak” — professor Zarifboy Ibodullayev

    12.02.2024, 14:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.