• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tabrikda anjuman natijasida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi asosida kelgusida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining “Osiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar faolligini oshirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasining qabul qilinishi barchaning bu boradagi ezgu intilishlarining yorqin amaliy ifodasi bo‘lishi aytilgan.

    Hurmatli forum qatnashchilari! 

    Xonimlar va janoblar!

    Avvalambor, siz azizlarni – dunyoning olis va yaqin mintaqalaridan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni Osiyo xotin-qizlari forumining ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Sizlarni qadimiy va navqiron Samarqand shahrida qizg‘in qutlash hamda o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan g‘oyat baxtiyorman.

    Ushbu tashabbusimizni faol qo‘llab-quvvatlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Kotibi janob Antoniu Guterrishga, anjumanni birgalikda tashkil etib, unda bevosita ishtirok etayotgan BMT bosh kotibi o‘rinbosari, BMT-ayollar tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus xonim, BMTning Jenevadagi bo‘linmasi rahbari Tatyana Valovaya va Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong janoblariga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman.

    Bugungi forumda xalqaro tashkilotlar va Osiyo mamlakatlari parlamentlari rahbarlari, senator va deputatlar, hukumatlar a’zolari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, ko‘plab ishbilarmon va olima ayollar qatnashayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardim.

    Sizlarning sa’y-harakatingiz bilan yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi faolligini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi, deb ishonaman.

    Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

    Bugungi kunda dunyoda jadal rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asining barcha mamlakatlari va xalqlari asrlar davomida yagona keng makonda uyg‘un va hamjihatlikda rivojlanib, turli sohalarda yaqin hamkorlik aloqalarini olib borganlar.

    Buyuk Ipak yo‘lining savdo chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi ming yillar mobaynida turli madaniyatlar va sivilizatsiyalar taraqqiyoti uchun qudratli kuch bag‘ishlagan, yuksak umumbashariy qadriyatlarning ulkan ma’naviy beshigi bo‘lgan.

    So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston Osiyo qit’asining ham barcha mamlakatlari bilan uzoq muddatli, keng qamrovli va o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil chuqurlashtirib borishga ustuvor ahamiyat qaratayotgani bejiz emas, albatta.

    Sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pi istiqomat qilayotgan Osiyo mamlakatlari Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishish, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi roli va ta’sirini keskin oshirish borasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda.

    Bizning mamlakatimizda ham ayollar jamiyatimizning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib, ularning huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari yangi qabul qilingan Konstitutsiyamiz, “Taraqqiyot strategiyasi – 2030” va O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish Strategiyasi kabi konseptual hujjatlarda o‘zining to‘liq ifodasini topgan.

    So‘nggi yetti yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizi ayollardan iborat. Bugun har bir mahallamizda ham ularning o‘z vakillari bor.

    Ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan ayollar soni 205 mingdan oshdi. Yuz minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Salkam yarim million nafar singillarimiz ish bilan ta’minlandi. Hozirgi kunda oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarning yarmidan ziyodini qizlar tashkil etmoqda.

    Bu borada olib borayotgan tizimli chora-tadbirlarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda. Xususan, Jahon banki indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgani, ochiq gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta davlat qatoridan joy olgani bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Qadrli do‘stlar!

    Biz Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, rahbarlik qobiliyatini va tadbirkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ularga zamonaviy bilim berish, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash, ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj ayollarning muammolarini tizimli hal qilish bo‘yicha boshlagan katta ishlarimizni bundan keyin ham izchil davom ettiramiz.

    Zero bugungi tarixiy o‘zgarishlarning faol ishtirokchisi bo‘layotgan muhtarama ayollarimiz – ortga qaytmas tus olgan demokratik islohotlarimiz va jadal taraqqiyotimizni amalga oshirishda bunyodkor kuch, biz qurayotgan adolatli va tinchliksevar, ko‘p millatli va farovon mamlakatning mustahkam asosidir.

    O‘ylaymanki, sizlar ushbu forumni har ikki yilda o‘tkaziladigan an’anaviy muloqot maydoniga aylantirish bo‘yicha taklifimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaysiz.

    Bugungi anjuman natijasida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi asosida kelgusida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining “Osiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar faolligini oshirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasining qabul qilinishi barchamizning bu boradagi ezgu intilishlarimizning yorqin amaliy ifodasi bo‘ladi.

    Fursatdan foydalanib, barchangizga yana bir bor sihat-salomatlik, baxt va omad, forum ishiga ulkan muvaffaqiyat tilab qolaman.

    13.05.2024, 23:35   Izoh (0)   2757
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini, ta’sirini keskin oshirishga e’tibor qaratish zarur” — Tanzila Norboyeva

    13.05.2024, 18:02

    Xorazmda er xotinining boshiga 17 marta bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi 

    13.05.2024, 22:35

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    13.05.2024, 22:15

    Toshkentda Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

    13.05.2024, 22:05

    Farg‘onada 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

    13.05.2024, 21:50

    Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    13.05.2024, 21:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.