O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakat bo‘ylab Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari haqida maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, Toshkentda Qurbon hayiti namozi 16-iyun, yakshanba kuni soat 05:10 da o‘qiladi.
Respublikaning boshqa hududlarida esa ushbu namoz vaqtlari quyidagicha:
- Andijon viloyati 05:00;
- Namangan viloyati 05:00;
- Farg‘ona viloyati 05:00;
- Toshkent viloyati 05:15;
- Sirdaryo viloyati 05:15;
- Jizzax viloyati 05:15;
- Samarqand viloyati 05:20;
- Surxondaryo viloyati 05:20;
- Qashqadaryo viloyati 05:25;
- Navoiy viloyati 05:25;
- Buxoro viloyati 05:30;
- Xorazm viloyati 05:45;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:50.
Prezident qarori bilan Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 2 soat oldin boshlaydi. Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)