Namanganda davom etayotgan 63-xalqaro gullar festivali doirasida lavanda sayli o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyatda ilk bor o‘tkazilgan sayilga Pop tumani mezbonlik qildi.

.jpg?_t=1717955921)
Tumanning Chorkesar qishlog‘ida katta miqyosda lavanda yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Ular yozning ilk oyida gullab, chiroyli manzara hosil qildi.

.jpg?_t=1717956049)
Sayil davomida mutasaddilar tomonidan lavanda o‘simligining foydali xususiyatlari, parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda qo‘llanishi haqida batafsil tushunchalar berildi.


Sanʼatkorlarning chiqishlari sayilga bayram kayfiyatini ulashdi.


Lavanda sayli o‘tkazilishi Pop tumanida doimiy tus olishi aytilmoqda.

Izoh (0)