Ijtimoiy tarmoqda Olmaliqda ayollar guruh bo‘lib janjallashayotgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holatda Olmaliq shahrining “Toshkent” MFY hududida joylashgan, chiqindi to‘plash maskani yonida, Lo‘li elatiga mansub bir nechta ayollar o‘zaro tortishib janjallashgan.
Janjal shu vaqtning o‘zida hududiy profilaktika inspektori va mahalla xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Voqea yuzasidan sodir etilgan huquqbuzarlikka oid ish hujjatlari to‘planib sudga taqdim etilgan.
Izoh (0)