Daryo

Andijonda estrada sanʼati festivaliga qaysi xorijiy xonandalar kelishi maʼlum qilindi

Tarmoqlarda tarqalgan xonandalar ro‘yxati hokimlik tomonidan taqdim etilmagan

1 daqiqa o‘qish18 073 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Dunyo sadolari” xalqaro estrada sanʼati festivaliga jahon yulduzlari tashrif buyurishi haqidagi xabarlar muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur xabarlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi. 

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Maʼlum qilinishicha, festivalga hokimlik matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videolavhada ko‘rsatilgan xonandalardan Inna va Arash taklif etilgan. Shuningdek, yoshlar taklifiga asosan xonanda Jony ham festivalda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, o‘zbek estradasining yulduzlari festivalga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu aytilganlardan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda joylangan xonandalar haqidagi matnli ro‘yxat, kelishuv mablag‘lari, marhum sanʼatkorlar haqidagi xabarlar hokimlik tomonidan tasdiqlangan yoki hokimlik taqdim etgan maʼlumotlar emas. Bu xabarlar kim tomonidan ishlab chiqilgani va qanday maqsadda havola etilgani hozircha nomaʼlum, – deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, festival arafasida tadbir bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etiladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar