Ijtimoiy tarmoqlarda oq rangli Tracker avtomobili haydovchisi yo‘lda yotgan itni bosib ketgani holati aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat IIB holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holatni Samarqand shahar “Anhor” mahallasida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan X.I. sodir etgani aniqlanib, ushbu shaxsga nisbatan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi ta’minlanishi qayd etildi.
Izoh (0)