Toshkent shahridan Qirg‘izistonning Cho‘lponota (Issiqko‘l) kurort shahrigacha 10-iyundan boshlab mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi.
Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, qatnovlar oyning juft kunlarida (kun ora) Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.
Chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan.
Ushbu xalqaro avtobus yo‘nalishi 2022-yilning iyunida ochilgan. Sayohat vaqti 20 soat, yo‘nalish uzunligi 1060 kilometrni tashkil qiladi.
Izoh (0)