Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Nexia-2 rusumli avtomashina yo‘lovchisining qo‘l sumkasida taqiqlangan modda borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1-iyun kuni soat 02:40 larda Chilonzor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori serjant R.G‘afurov va serjant N.Jumanazarovlar tomonidan Nexia-2 rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda yo‘lovchisi 2003-yilda tug‘ilgan A.N.ning ko‘rinishi va xatti-harakatlari, xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Xolislar ishtirokida tekshirilganda qo‘l sumkasidan jigar rangli, o‘tkir hidli mumsimon modda topilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan psixotrop dori vositalari Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.
Izoh (0)