Qoraqalpog‘iston respublikasida yashovchi ayol A.Z. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M., jabrlanuvchi A.Z.ning betob qizi Z.T.ning nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va operatsiya uchun xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)