Buxoro viloyatida ikki farzandi bor mahkumaning ozodlikdan mahrum etish jazosi uy qamog‘iga almashtirildi. Bu haqda ombudsman xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Xuseynova 4-sonli tergov hibsxonasiga amalga oshirgan monitoring tashrifida ushbu muassasada saqlanayotgan ayol murojaati yakka tartibda qabul qilingan edi.
Suhbat jarayonida ayol voyaga yetmagan ikki nafar farzandi qarovsiz qolgani, ko‘rsatilgan moddiy zarar uning otasi tomonidan qoplangani, yaqinda apellyatsiya sudi bo‘lishini aytib, mintaqaviy vakildan qonun doirasida yordam berishni va sud majlisida ishtirok etishini so‘rab murojaat qilgan.
A.O.ning arizasiga binoan ombudsman mintaqaviy vakili sud jarayonlarida ishtirok etdi. Sud hay’ati tomonidan mintaqaviy vakilning iltimosnomasi inobatga olinib, ayolning ozodlikdan mahrum etish jazosini ozodlikni cheklash jazosiga almashtirdi, sud zalida qamoqdan ozod etildi, jazoning qolgan qismini uy qamog‘iga almashtirishga qaror qilindi.
Izoh (0)