Namangandagi qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat ombudsman mintaqaviy vakillari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelgan mahkum SH.S.ning bevaqt o‘limi holati ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida marhum bilan bir turkumda va do‘stona munosabatda bo‘lgan bir nechta mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi.
Shuningdek, ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari, jumladan, ota-onasi va uning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashdi.
Ombudsmanga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, marhum SH.S. 2024-yilning 23-may kuni koloniya ishlab chiqarish korxonasi hududidagi g‘isht ishlab chiqarish sexi hududining orqa tarafidagi temir ustunga polietilen ip yordamida o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Izoh (0)