Enso Mareska “Chelsi” jamoasining yangi murabbiyi etib tayinlandi.
44 yoshli murabbiy londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Bitimda uni bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud.
Mareska 1-iyul kunidan boshlab “aristokratlar” murabbiyi sifatida ish boshlaydi.
“Lester” italiyalik mutaxassis uchun kompensatsiya sifatida 10 million yevro oladi. Klub joriy mavsum Enso qo‘l ostida Chempionshipdan Premyer Ligaga qaytdi. “Tulkilar” 46 o‘yinda 97 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egalladi.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” 21-may kuni Pochettino bilan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilganini e’lon qildi. Premyer Liganing so‘nggi mavsumi yakuniga ko‘ra, londonliklar 63 ochko jamg‘arib, oltinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)