O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev “SSKA”ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
20 yoshli futbolchi o‘tgan oyda 6 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Qayd etib o‘tish joiz, Abbosbek sentabr va oktyabr oylarida ham “SSKA”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrinini ham qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)