Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrinining egasi aniqlandi.
Unga ko‘ra, “SSKA” futbolchisi, o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev ushbu sovringa loyiq ko‘rildi.
Sovrin uchun Abbosbekdan tashqari Bitello (“Dinamo”) va Nikita Saltikov (“Krilya Sovetov”) kabi futbolchilar kurash olib borgandi.
Mukofot g‘olibi murabbiylar, jamoa sardorlari, sharhlovchilar va Rossiya futboli faxriylaridan iborat maxsus hay’at tomonidan aniqlandi.
Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)