Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahallalar hayoti bilan tanishish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yangi obyektlarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident so‘nggi marta Buxoroga 2023-yil avgustida iqtisodiyot rivoji va mahallalar hayoti bilan tanishish, sanoat korxonalarini ko‘rish va yangilarini ishga tushirish uchun borgandi. Tashrif davomida O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgandi.
Izoh (0)