Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/05/30/1-VByV4EZq.jpg)
Yig‘ilishda Vasiylik kengashi raisi lavozimiga Fond direktori sifatida ishlab kelayotgan Akramjon Fozilovning nomzodi ko‘rib chiqildi va maʼqullandi.
![](/static/2024/05/30/2-Otg2INzi.jpg)
Jurnalistika va kommunikatsiya sohasida tajribaga ega Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori etib tayinlandi.
Jahongir Azimov 1992-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2016-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2022-yilda Alabama universitetida ijodiy jurnalistika bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
O‘qishni tamomlagach, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori idorasida ish boshlagan. 2017-yilda u O‘zbekistondagi birinchi TEDx, TEDxMustaqillikSquare konferensiyalari tashkilotchisi bo‘ldi. Shundan so‘ng Voice of Tashkent’da mustaqil muallif bo‘lgan, so‘ngra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligida (2018−2020-yillarda) ishlagan.
Izoh (0)