Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 38-turida “Barselona” 26-may, yakshanba kuni “Sevilya” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Robert Levandovski kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada En-Nesiri hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limni “ko‘k-anorranglilar” faol boshladi va 59-daqiqaga kelib, hisobni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Fermin Lopes uzoqdan ajoyib zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Uchrashuvda 2:1 hisobi saqlanib qoldi va kataloniyaliklar mavsumning so‘nggi o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi. Qayd etib o‘tish joiz, ushbu bahs bosh murabbiy Xavi uchun ham jamoadagi so‘nggi o‘yin hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis rasman jamoani tark etadi.
“Barselona” Ispaniya La Ligasining 2023/24-yilgi mavsumini 85 ochko jamg‘arib, 2-o‘rin bilan yakunladi.
La Liga
38-tur
26-may, yakshanba
“Sevilya” — “Barselona” 1:2
Gollar: 0:1 – 15 Levandovski, 1:1 – 31 En-Nesiri, 1:2 – 59 Lopes.
“Sevilya”: Nyuland, Ramos, Bade (Gudel, 79), Salas (Markao Teysheyra, 46), Pedrosa, Xuanlu Sanches, Okampos, Sumare, Agume (Bueno, 79), Lukebakio (Mariano Dias, 79), En-Nesiri.
“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Martines, Kubarsi, Joau Kanselu, Fort, Kristensen (Romeu, 46), Gundogan, Pedri, Lopes (Roke, 75), Yamal (Joau Feliks, 62), Levandovski (Ferran Torres, 62).
Ogohlantirishlar: Salas (36), Joau Kanselu (49).
Izoh (0)