Rossiya prezidenti Vladimr Putinning davlat tashrifi doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida ikki davlat rahbarlari ishtirokida hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi (VAFT) rektori Idrisova Vittoriya o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida kelishuv bilan almashildi.
Kelishuvlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida BTSA filiali tashkil etiladi.
Shu bilan birga, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan birgalikda tashkil etilayotgan qo‘shma fakultet doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat va MBA yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma magistratura dasturlarini yaratish, davlat organlari mutaxassislari va biznes vakillarini tayyorlash rejalashtirilgan.
Davlat xizmati boshqaruv xodimlari uchun xalqaro marketing tahlili, mahalliy mahsulotlarni yangi istiqbolli tashqi bozorlarga chiqarish va ilgari surish strategiyasini ishlab chiqish, xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini davom ettirish uchun chet tillarini o‘rganish va boshqa yo‘nalishlarda qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari yaratiladi.
Izoh (0)