Forbes jurnali dunyoning eng qimmat 30 futbol klubi reytingini e’lon qildi.
Ushbu reyting va futbol klublarining qiymati nashrning o‘ziga xos metodologiyasi yordamida hisoblab chiqilgan. Yevropa jamoalari uchun berilgan daromad ko‘rsatkichlari 2022—2023-yilgi mavsum uchun tegishli.
Dunyoning eng qimmat 30 ta futbol jamoasining o‘rtacha qiymati 2,3 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5,1 foizga ko‘p. Eng yaxshi 30 ta jamoaning daromadi o‘rtacha 397 million dollarni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga ko‘p.
Dunyoning eng qimmat klubi — “Real Madrid”. Uning qiymati 6,6 milliard dollarni tashkil etgan. Klub daromadi (futbol jamoasining translyatsiyalar, reklama va o‘yin kuni tushgan daromad) 873 million dollarni, operatsion foyda (foizlar, soliqlar, amortizatsiya, o‘yinchilar savdosidan oldingi daromad) 76 million dollarni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinda “Manchester Yunayted” joylashgan. Narxi: 6,55 milliard dollar, daromad: 785 million dollar, sof foyda: 187 million dollar.
Reytingning eng yaxshi uchligini “Barselona” yakunlab turibdi, uning qiymati 5,6 milliard dollarni tashkil etgan, klubning daromadi esa 840 million yevroni tashkil etadi, klubning operatsion daromadi esa minus 145 million yevro.
Reytingning kuchli o‘ntaligiga, shuningdek, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Bavariya”, “PSJ”, “Tottenxem”, “Chelsi” va “Arsenal” ham kirgan. Ular mos ravishda to‘rtinchidan 10-o‘ringacha bo‘lgan o‘rinlarni egalladi.
Izoh (0)