Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 512-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bog‘cha tarbiyachisining asabi joyida emas ekan” sarlavhali videolahva tarqalgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, videolavhadagi holat 2024-yil 30-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 512-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Video tarbiyachining o‘zi tomonidan ota-onalar Telegram guruhiga kutilmagan holda yuborilgan.
Ushbu holat mazkur ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan tarbiyachi-xodimlar hamda ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan. Tarbiyachiga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Izoh (0)