Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 metr kub maydoni fuqaro S.S. va M.S. tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi mil.av. III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 metr kub maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)