Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.P.” va “B.P.” MCHJ masʼul shaxslari jami 14 ta korxonadan olingan umumiy qiymati 1,3 mlrd so‘mlik dori vositalarini pulini bermaslik maqsadida “S.P.” MCHJni qasddan to‘lovga qobiliyatsizlik holatiga keltirib, 1,2 mlrd so‘mlik dori vositalarini naqd pulga sotib talon-toroj qilganliklari, shuningdek “S.P.” MCHJning 719 mln so‘mlik tibbiyot uskunalarini hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan “B.P.” MCHJ balansiga o‘tkazib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)