Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlarni eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, bu borada peshqadam Xitoy – 3,3 mlrd dollar. Keyingi o‘rinda Rossiya – 2,8 mlrd.
Shuningdek:
- Qozog‘iston – 841 mln
- Koreya – 682 mln
- Turkiya – 542 mln
- Germaniya – 319 mln
- Turkmaniston – 258 mln
- Hindiston – 255 mln
- Litva – 194 mln
- AQSH – 188 mln
Avvalroq O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlat hamda tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlat eʼlon qilingan edi.
Izoh (0)