Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, bu borada peshqadam Rossiya – 1 021,4 mln dollar. Ikkinchi pog‘onada esa Xitoy – 644,4 mln dollar.
Shuningdek:
- Qozog‘iston – 383,9 mln dollar
- Turkiya – 378 mln dollar
- Afg‘oniston – 301,4 mln dollar
- Fransiya – 265 mln dollar
- Qirg‘iz Respublikasi – 154 mln dollar
- Tojikiston – 146 mln dollar
- Pokiston – 106,4 mln dollar
- AQSH – 69,4 mln dollar
Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlat eʼlon qilingan edi.
Izoh (0)