Samarqand viloyatidagi bog‘chalarning birida 2 yashar qizchaning qo‘llari ko‘kartirib tashlangani haqida xabar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida 2024-yilning 20-may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002-yilda tug‘ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh. (2021-yilda tug‘ilgan, qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022-yilda tug‘ilgan) qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan A.Sh.ning onasi M.S 2024-yil 20-may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh.ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Izoh (0)