O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga tegishli bo‘lgani aytilayotgan Mercedes-Benz W 221 avtomobili sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Telegramʼdagi soxta axborotlarga raddiya beruvchi “AntiFake.uz” kanali mazkur xabarlar yuzasidan ham maʼlumot berdi. Unga ko‘ra, mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.
“Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)