O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida qiymati 775,7 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,2 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (37,7 foiz), kalava-ip (46,8 foiz) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar-mart oylarida dunyoning 55 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:
- Kalava-ip – 363,4 mln
- Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 292,5 mln
- Trikotaj mato – 69 mln
- Gazlamalar – 39,3 mln
- Paypoq mahsulotlari – 11,5 mln