Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, uning davlat rahbari sifatidagi vakolat muddati hali tugamagan.
Bu haqda Zelenskiy Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Besh yillik muddatim hali tugamadi, chunki harbiy holat davom etmoqda”, — dedi Zelenskiy.
Shuningdek, u prezident sifatidagi o‘z faoliyatini baholay olmasligini qo‘shimcha qildi. “Chunki bu etika jihatidan to‘g‘ri emas”, — dedi Ukraina prezidenti.
Vladimir Zelenskiy 2019-yil aprel oyida Ukraina prezidenti etib saylangandi. U saylovda jami 73,22 foiz ovoz olgan.
Avvalroq Ukraina prezidenti G‘arb ittifoqchilarining Kiyevga harbiy yordam bo‘yicha qaror qabul qilishi cho‘zilayotganidan shikoyat qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Kiyev Rossiyaga havoda qarshi turish uchun zudlik bilan kamida 120-130 ta harbiy texnikaga muhtoj.
Izoh (0)