Germaniya tashabbusi doirasida Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun deyarli 1 milliard yevro yig‘ildi.
Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Kiyevda ma’lum qildi.
Biz mudofaa vaziri Boris Pistorius bilan birgalikda havo mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha global tashabbusni boshladik, hozirda Ukraina havo mudofaasi kuchlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun jadal ish olib borilmoqda, dedi u.
Ilgari Germaniya Ukrainaga ikkita Patriot havo mudofaa tizimini yetkazib bergani va uchinchisini topshirishni e’lon qilgan edi.
Avvalroq Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 3,8 milliard yevro zarurligini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, 2025-yilda Germaniya Mudofaa vazirligi Kiyevga yordam berish uchun hukumatdan rekord miqdorda 15 milliard yevro so‘rashi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)