O‘zbekistonlik haydovchilar Vengriyaga ishga yuborilishi mumkin, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Unga ko‘ra, bugun, 20-may kuni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati hamda Vengriyaning BI-KA Ltd. Logistics kompaniyasi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilarini mazkur davlatga ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.
Izoh (0)