Afg‘onistonda yo‘lovchi avtobusi devorga urilishi oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.
![](/static/2024/05/20/tol-8cOlONFv.jpg)
Halokat mamlakatning Bag‘lon viloyati hududida yuz bergan. O‘rtacha tezlikda ketayotgan avtobus yo‘l bo‘yida joylashgan fuqaro xonadoni devoriga borib urilgan.
Rasmiylar hodisa oqibatida 5 nafar fuqaro halok bo‘lganini bildirgan. Jarohatlangan 13 nafar fuqaro yaqin hududdagi kasalxonaga olib ketilgan.
Bag‘londagi manbalar hodisa 20-may kuni mahalliy vaqt bilan 02:00 da yuz berganini xabar qilgan. Holat bevosita sodir bo‘lgan Puli-Xumri shahri yaqinidagi “Transport porti” hududiga yordam guruhlari jo‘natilgan.
Politsiya avtohalokat sabablari aniqlanayotganini bildirgan. Kasalxonaga joylashtirilgan fuqarolar salomatligi ijobiy holatda ekani maʼlum qilingan.
Izoh (0)