Afg‘onistonning G‘ur viloyatida “Tolibon” harakatining harbiy vertolyoti qulab tushdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Tolibon” Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Inoyatulloh Xorazmiyga ko‘ra, vertolyot texnik asoratlar tufayli favqulodda qo‘nish vaqtida qulagan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan. “Tolibon” ushbu vertolyot ikki kun oldin Harirud dengizida cho‘kib ketgan avtomobil yo‘lovchilarining jasadlarini olib chiqishga jalb qilinganini aytgan.
“Tolibon” mazkur voqea qurbonlari shaxsini ochiqlamadi. 13-mayga o‘tar kechasi Hirot viloyatidan Firuzko shahriga ketayotgan yengil avtomobil Harirud dengiziga qulagan, voqea oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)