Ukraina AQSHdan Rossiya hududida Amerika qurollaridan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni so‘radi, deb xabar berdi The Wall Street Journal manbalari.
Shuningdek, Kiyev Rossiya hududidagi nishonlarni aniqlashda ham AQSHdan yordam so‘ragan.
So‘rov o‘tgan hafta olingan va hozirda ko‘rib chiqilmoqda. Qayd etilganidek, Kiyev Rossiya armiyasining muvaffaqiyatlari fonida Vashingtonga yuzlandi. WSJ fikricha, AQSH rozi bo‘lsa, bu Oq uy siyosatida katta o‘zgarishlardan darak beradi.
Bu so‘rov haqida avval Politico ham xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, Ukraina Rossiya armiyasining Xarkov viloyatida oldinga siljishi fonida AQSHdan Rossiya hududiga Amerika qurollaridan zarba berishga ruxsat berishni talab qilmoqda.
Vashington Ukrainaga uzoq masofali qurollarni yuborish sharti sifatida, ulardan Rossiya hududiga zarba berishda foydalanish mumkin emasligini bildirgan.
Davlat departamenti Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasidagi nishonlarga hujumlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)