Xavi “Barselona” bosh murabbiyligini tark etadi.
Kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta mutaxassis bilan keyingi mavsumda hamkorlik qilmaslik borasida qaror qabul qildi.
Laportaga Xavining “Barselona” “Real” va Yevropadagi boshqa klublardan ko‘ra yomonroq iqtisodiy ahvoldaligini aytgani yoqmagan.
Bu gaplar prezidentning jahlini chiqargan. Laporta hattoki jamoaning “Almeriya”ga qarshi (2:0) o‘yiniga ham tashrif buyurmagan.
Eslatib o‘tamiz, 28-yanvarda Xavi mavsum oxirida “Barselona” murabbiylik postini tark etishini ta’kidlagandi. Keyinchalik bir necha bor bu qarorini o‘zgartirmasligini ham aytib o‘tgandi. Biroq rahbariyat aprel oyida ispaniyalik mutaxassisni jamoada qoldirishga ko‘ndirgandi. Endi esa u bilan shartnomani bekor qilishga tayyor.
Xavi “Barselona”ni 2021-yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda.
Ayni damda “Barselona” La Liga jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)