Xavi “Barselona”da qoladi.
Bu xabarni klub prezidenti Xoan Laporta tasdiqladi.
“Mamnunlik bilan Xavining klubdagi faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilmoqchiman”, — deydi prezident.
Matbuot anjumanidan avval Xavi, Laporta va kataloniyaliklar sport direktori Deku birgalikda suratga tushdi.
28-yanvarda Xavi mavsum oxirida “Barselona” murabbiylik postini tark etishini ta’kidlagandi. Keyinchalik bir necha bor bu qarorini o‘zgartirmasligini ham aytib o‘tgandi.
Biroq rahbariyat ispaniyalik mutaxassisni jamoada qoldirishga ko‘ndirdi.
Xavi “Barselona”ni 2021-yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda.
Kataloniya klubi Xavi bilan Ispaniya chempionligini va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)