Niderlandiyalik futbolchi Xavi Simons “PSJ”ga qaytishni istamayapti.
“Leypsig” safida ijara asosida to‘p surayotgan Simons muddat tugagach, “PSJ” safiga qaytishi lozim. Biroq futbolchi Parij klubiga qaytishni xohlamayapti.
Nemis jamoasi 21 yoshli futbolchi borasida muzokaralar o‘tkazishni boshlagan.
Xaviga APL klublaridan qiziqish mavjud. Shuningdek, futbolchi “Barselona”ga ham o‘tishga qarshi emas. Eslatib o‘tamiz, 2010-yildan 2019-yilga qadar “ko‘k-anorranglilar” akademiyasida o‘ynagan.
Simonsning “Leypsig”dagi ijara muddati 30-iyunda o‘z nihoyasiga yetadi.
Niderlandiyalik joriy mavsum Bundesligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)