O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasi oldidan Yangi Zelandiyaga qarshi mashg‘ulot o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqida O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuv 18-iyul kuni Fransiyaning Nitsa shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Timur Kapadze shogirdlari Parij safari oldidan Maliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bahslar 7 va 10-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida 2-o‘rinni egallab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)