AQSHda 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sulton Nuriyev bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aks etgan materiallarni chegaradan olib o‘tgani uchun 19 yilga hukm qilindi. Bu haqda AQSH Advokatlik idorasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Nuriyev 2022-yil 13-yanvar kuni Floridadan Toshkentga jo‘nab ketgan. Shu yilning 20-fevral kuni u Orlandoga (Florida) qaytgan. Nuriyev Qo‘shma Shtatlarga qaytganidan so‘ng, AQSH bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati (CBP) uning telefonini tekshirgan. Undan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik tasvirlari topilgan.
Keyingi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston fuqarosi internetda o‘zini 12 yoshli bola qiyofasida ko‘rsatib, voyaga yetmagan qizlarni shahvoniy suratlar olishga undagan. Ushbu ishni AQSH bojxona va chegara qo‘riqlash hamda Federal tergov byurosi tekshirgan. Sulton Nuriyev 2023-yil 26-sentyabrda o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Izoh (0)