O‘zbekistonda OTMlarga qabul jarayoni 2024-yili ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.
Bunda abituriyentlar testni bir marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda professional taʼlim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Bunda oliygohlarga qabul jarayoni ikki bosqichda:
- 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
- 2-bosqich oliygoh – test natijasi eʼlon qilingandan so‘ng taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.
Izoh (0)