Samarqand shahrida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida “Xo‘jasoat” mahallasidagi uyda yashovchi U.U. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 4 ta to‘plamdagi “Antimer” qurilmasini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulab, 91,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)