Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, Isroil tashqi bosim tufayli butunlay yakkalanib qolgan taqdirda ham o‘zini himoya qilishga tayyor. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Netanyaxu butun dunyo yetakchilariga murojaat qilar ekan, xalqaro forumlarda qanday bosim va qanday qarorlar qabul qilinmasin, yahudiy davlati o‘zini himoya qilishdan to‘xtamasligini ta’kidlagan.
Bosh vazirga ko‘ra, agar Isroil yolg‘iz qolsa, uning siyosati o‘zgarmaydi. Dunyo bo‘ylab ko‘plab munosib shaxslarning qo‘llab-quvvatlashi bilan isroilliklar o‘z “genotsid dushmanlar”ini mag‘lub etadi.
Avvalroq AQSH Isroil armiyasiga mahalliy ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
AQSH Kongressi vakillari Jim Jordan va Eliz Stefanik Isroilga o‘q-dorilar yetkazib berish to‘xtatilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Amerika prezidenti Jo Baydenni qoralab, bunday qarorni “jirkanch” va “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atagan.
Izoh (0)