G‘azodagi ko‘plab falastinlik oilalar kuniga bir mahal ovqat bilan kifoyalanishga, haftalar davomida sabzavot yemaslikka va bir kishilik taomni bir nechta odam o‘rtasida bo‘lashishga majbur, deya Euronews xabar berdi.
![](/static/2024/05/06/photo_2024-05-06_09-51-02-MTOFWEoL.jpg)
Urush boshlanganiga deyarli yetti oy bo‘lmoqda. U yerga kelayotgan yordam yuk mashinalari soni esa keskin kamaygan.
Isroil tomonidan oziq-ovqat ta’minotiga qo‘yilgan qattiq cheklovlar fonida anklavning shimoliy qismida eng qiyin vaziyat yuzaga kelgan. BMT Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Sindi Makkeyn “to‘liq miqyosli ocharchilik” kuzatilayotgani hamda u janubni ham qamrab olayotganini aytgan.
2,3 million aholi istiqomat qilayotgan hududda gumanitar falokatni to‘xtatish uchun urushni to‘xtatish, G‘azoga quruqlik va dengiz yo‘llari orqali yetib boruvchi gumanitar yordam hajmini oshirish zarur, — dedi u.
Gumanitar yordamni Isroil nazorat punkti orqali quruqlikdan yetkazib berish yo‘lga qo‘yilganiga bir necha bor ishontirgan. 5-aprel kuni asosiy o‘tkazish punkti “Kerem Shalom” HAMAS jangchilarining hujumidan keyin yopilgan.
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligiga ko‘ra, yordam G‘azo shimoliga mart oyidan beri yetib kelmagan.
Izoh (0)