Chexiya Rossiyadan o‘zining elchisi Vitezlav Pivonkani rasman chaqirib oldi. Bu haqda Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiyga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Lipavskiyning aytishicha, Chexiya hozirda yangi elchi topish ustida ishlamoqda.
“Hozirgi elchi allaqachon chaqirib olingan, menimcha, bir kun kelib Chexiyaning yangi elchisi faoliyat yuritadi”, — dedi vazir.
U Pivonkaga Moskvadagi faoliyati uchun shaxsan minnatdorlik bildirganini ta’kidladi. TIV rahbari Chexiyaning vaqtinchalik vakili nomini aytmadi va diplomatik missiya elchisiz ishlash muddatini ham ko‘rsatmadi.
Elchilikka nomzodlar orasida diplomat va mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Daniel Koshtoval ham bor. Lipavskiy Chexiya vakillari 7-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezident Vladimir Putinning inauguratsiya marosimida qatnashmasligini aytgan.
- 54 yoshli Pivonka 2018-yilda Rossiyaga elchi bo‘lgan. 2014—2018-yillarda Ozarbayjondagi elchi, 2006—2011-yillarda Ukrainadagi elchi o‘rinbosari (2010—2011-yillarda bir yildan ortiq vaqt davomida vaqtinchalik ishonchli vakil lavozimida ishlagan) sifatida faoliyat yuritgan.
- U 2002-yildan buyon Chexiya Tashqi ishlar vazirligida ishlab kelmoqda. 2022-yil 24-fevralda Chexiya maslahatlashuvlar uchun Rossiyadan elchisini chaqirib olgandi. O‘shandan beri Pivonka Pragada yashadi. Bundan tashqari, u “standart to‘rt yildan ko‘proq” lavozimda ishlagan.
Izoh (0)