Samarqand viloyatida Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 8-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 29-aprel kuni soat 17:00 larda Samarqand shahar O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan, voyaga yetmagan, 2009-yilda tug‘ilgan, 8- sinf maktab o‘quvchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga davolanish uchun yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)