Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Asaka tumanida piyoda ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 22-aprel soat 11:40 larda 54 yoshli haydovchi X.I. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasida Asaka tumani “Yangi sor” MFY hududidan o‘tgan Asaka—Andijon avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 62 yoshli F.I.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida piyoda F.I. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Avvalroq Samarqand va Qashqadaryoda yuz bergan YTH oqibatida ikki piyoda halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzax viloyati Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi.
Izoh (0)