Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shin Te Yong O‘zbekistonga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Uchrashuv haqida
Birinchi navbatda bugun jamoamiz kurashgani uchun rahmat aytaman. O‘zbekiston terma jamoasi kuchli ekani bugun yana isbotlandi. Bizda hali Olimpiadaga chiqish imkoniyati bor. Kurashishda davom etamiz. Raqiblarni esa finalga chiqqani bilan tabriklayman.
Indoneziya jamoasi haqida
“Uchrashuv qiyin kechishi aniq edi. Yigitlarim yomon o‘ynashmadi, ammo raqib juda kuchli edi. O‘yinda gol urdik ham, lekin offsayd holati qayd etilgan ekan. Hayajon va bosim ham katta edi, yigitlarda biroz stressni sezdim”.
Jamoaning Olimpiadaga chiqish imkoniyati va ishonchi haqida
Yigitlar barchasini tushunib turibdi. 2-mayda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv biz uchun so‘ngi imkoniyat bo‘ladi. Muhimi, jismoniy tomonlama tezroq tiklanishimiz kerak, — deydi Shin Te Yong, Indoneziya Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari bosh sovrin uchun o‘zaro kurash olib boradi.
- Uchrashuv 3-may kuni 20:30 da boshlanadi.
- 3-o‘rin uchun kechadigan bahsda Iroq Indoneziyaga qarshi maydonga tushadi.
- Uchrashuv 2-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)