“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Gari Nevill “Chelsi” rahbariyatini yangi kelganlar bilan uzoq muddatli shartnomalar imzolash g‘oyasi uchun tanqid qildi.

“Sakkiz yillik shartnomalar har tomonlama yomon, chunki bu mantiqiy emas deb o‘ylayman. Bundan uzoq muddatli shartnoma yosh futbolchi uchun yaxshi emas.
Qani motivatsiya? Agar futbolchining shartnomasi qisqa muddatga bo‘lsa, u yangi shartnoma uchun kurashishim kerak, deb hisoblaydi va yaxshiroq harakat qiladi. Uzoq muddatli shartnomaga ega bo‘lgan futbolchilar esa, xotirjam bo‘lib, harakatdan to‘xtaydi”, — dedi Nevill YouTube tarmog‘idagi podkastda.
35-turdan so‘ng “Chelsi” 48 ochko bilan Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh (0)