“Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski hozirda kimlarni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb bilishini aytdi.
![](/static/2024/04/29/levandovski-nazval-dvuh-luchshih-futbolistov-mira-pryamo-sejchas_1714355601799888113-RdLZqloC.jpg)
“Buni aytish qiyin, chunki bizni hali Yevropa chempionati va Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yinlari kutib turibdi. Ammo hozirda Kilian Mbappe va Jud Bellinghem men uchun dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan o'yinchilaridir”, — deya Levandovski so‘zlarini keltiradi Marca.
Levandovski “Barselona”da 2022-yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)